Andijonda avtomashinani mast holatda boshqargan shaxs yoʻl transport hodisasini sodir etganligi oqibatida xizmat vazifasini oʻtab kelayotgan IIB Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi xodimi hamda boshqa haydovchi tan jarohatlari olishgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Gumonlanuvchi shaxs protsessual tratibda ushlangan.
Tergov harakatlar olib borilmoqda.









