Mast holda pichoq koʻtarib odamlarni qoʻrqitgan shaxs qoʻlga olindi

    Ijtimoiy tarmoqlarda «Nazarbekda bir erkak mast xolda, koʻchada pichoq bilan yurgani" haqida video xabarlar tarqaldi.

    Toshkent viloyati IIBB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, erkak oʻsha vaqtning oʻzida protsessual tartibda IIO xodimlari tomonidan ushlanib, zararsizlantirilgan.

    «U jarayonda hech kimni jarohatlamagan, atrofdagi fuqarolarga zarar yetmagan. Mast xolda sodir etgan xatti-harakatlari uchun qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
    Hozirda holat yuzasidan unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlariga kirishildi«, deyiladi xabarda.

    IIBB jamiyatdagi voqea hodisalarga befarq boʻlmagan yurtdoshlarimizga minnatdorchilik bildirdi.