Mazkur seminar Masterard kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida turizm sohasida innovatsiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan.
Bu O‘zbekiston 2023-yil oktyabr oyida Masterard Travel innovatsiyalar markaziga qo‘shilganidan beri birinchi tadbirdir.
Seminarda ishtirokchilar O‘zbekiston turizm sektorining raqobatbardoshligi va jozibadorligini oshirishda raqamli yechimlardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikma va ilg‘or tajribalar bo‘yicha fikr almashdilar.
Masterard kompaniyasining MDH va Sharqiy yevropa mintaqasi bo‘yicha prezidenti Yasemin Bedir kompaniya O‘zbekistonning turizm sohasidagi strategik maqsadlariga erishishda ishonchli hamkori ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, u O‘zbekiston 2025-yilgacha 9 million sayyohni jalb eta olishiga, ularga o‘ziga xos madaniyat, tarix va mehmondo‘stlik, shuningdek, zamonaviy va xavfsiz raqamli xizmatlarni taklif etishiga ishonch bildirdi, deb xabar beradi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.