Maʼlum boʻlishicha, mazkur yoʻl-transport hodisasi avtomashinani mast holatda boshqarib borgan 18 yoshli Shaxriyorning boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida sodir etilgan.

YTH tufayli jarohat olgan haydovchi va Qodir ismli 19 yoshli yoʻlovchi shifoxonaga yetkazilgan. Avtomobilning yana bir Ilhomjon ismli 19 yoshli yoʻlovchisi jarohatlar tufayli voqea joyida hayotdan koʻz yumdi.

Tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.