Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koson tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.C.” xususiy korxonasi hamda Qashqadaryo viloyati “Ya.B.X.” IK masʼul shaxslari tuman Tibbiyot birlashmasi binosini rekonstruksiya qilishda amalda bajarilmagan qurilish-taʼmirlash ishlarini rasmiy hujjatlarga qoʻshib yozish orqali jami 787,4 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.