Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, so‘z va matbuot erkinligi, ochiqlik tamoyilini mustahkamlashga qo‘shayotgan munosib hissasi, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish, Yangi O‘zbekistonda erishilayotgan ulkan yutuqlarni keng targ‘ib etishdagi katta xizmatlari, yuqori malakali, zamonaviy jurnalist kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi samarali faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

    «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan

    Doniyorov Salim Musurmonovich - «Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati bosh muharriri

    «Mehnat shuhrati» ordeni bilan

    Mirzaaliyev Ikboljon Mirzakarimovich - «Jadid» gazetasi bosh muharriri

    «Do‘stlik» ordeni bilan

    Amangeldiyeva Raixan Kdirbayevna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Nukus teleradiomarkazi filiali tasvir yozish guruhi katta elektr mexanigi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Kenjayeva Zoxida Abdullayevna - To‘raqo‘rg‘on tumani «Davr» gazetasi muharriri, Namangan viloyati

    Matyakubov Kamol - «Adolat» gazetasi muxbiri

    Mirsharipov Farxodjon Arislonovich - Farg‘ona viloyati teleradiokanali bosh muharririning o‘rinbosari, So‘x telekanali guruh rahbari

    Oripov Shuxratjon Orip o‘g‘li - «Biznesni rivojlantirish banki» aksiyadorlik tijorat bankining axborot xizmati rahbari

    Raximov Abdijalol Abdiziyatovich - Chinoz tumani «Chinoz hayoti» gazetasi bosh muharririning o‘rinbosari, Toshkent viloyati

    Titchuk Andrey Georgiyevich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Dunyo bo‘ylab» telekanali axborot-informatsion dasturlar muharririyati montajchisi

    Urinboyev Saydulla Mardonovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma'rifat» telekanali teleoperatorlar guruhi teleoperatori

    Xasanov Xaydar Xatamjanovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi direktori o‘rinbosari

    Hasanov Ro‘zimboy - «XXI asr» gazetasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo‘yicha muxbiri

    II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

    Nurmatov Akbar Normatovich - O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining YUNЕSKO va ixtisoslashgan media kafedrasi mudiri

    Xolbekova Baxor Shayimovna - «Ishonch» va «Ishonch-Doveriye» gazetalarining Sirdaryo viloyati bo‘yicha muxbiri

    «Sog‘lom turmush» medali bilan

    Djumayev Ibraxim - Navoiy viloyati «Salomatlik» gazetasi muharriri

    «Kelajak bunyodkori» medali bilan

    G‘iyosov Mirali Abdulloh o‘g‘li - Toshkent shahridagi «Sharoit plus» nodavlat notijorat tashkiloti loyiha menejeri

    «Shuhrat» medali bilan

    Abilov Fazliddin Ibragimovich - «Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalari tahririyati bosh muharririning o‘rinbosari

    Avazov Dilmurod Batirovich - «Oriat Dono» radiosi musiqa muharriri

    Adilova Munojot Asrorovna - «Daryo.uz» internet nashrining tahrir bo‘limi musahhihi

    Asanov Eldar Enverovich - «Asanov formati» telegram kanali asoschisi, bloger

    Ahatov Sobit Temirovich - «Xabar.uz» internet nashrining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalar bo‘limi muharriri

    Gapirova Nigora Umurzakovna - «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining muqovalash sexi muqovalovchisi

    Djumayev Xidoyat Inoyatovich - Buxoro viloyati teleradiokanalining ijodiy ishlab chiqarish guruhi teleoperatori

    Karshiyev Aziz Rajabovich - «Kun.uz» internet nashri muharriri

    Koraboyev Shamshidin - Farg‘ona viloyati ommaviy axborot vositalari faxriylar kengashi faoli, fotosuratchi

    Madatova Zilola Muxamadaliyevna - «Ma’rifat» gazetasi bosh muharririning o‘rinbosari

    Makarenko Nikita Anatolevich - Ijtimoiy tarmoqlardagi «Effekt Makarenko» sahifasi asoschisi, bloger

    Mamatrayimov Xolmumin Norkobilovich - O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Surxondaryo viloyati bo‘yicha sharhlovchisi

    Muminova Gulrux Komilovna - Samarqand viloyati «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari tahririyati maxsus muxbiri

    Muslimov Shuxrat Zikrullayevich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston MTRK teleradiomarkazi» davlat muassasasi televideniye va radio ko‘chma texnika xizmati boshlig‘i

    Nur Ahmad Hojiboy o‘g‘li - Toshkent shahridagi «SAS-Media» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari

    Rabbimov Kamoliddin Muxiddinovich - «Kamoliddin Rabbimov» telegram kanali asoschisi, siyosatshunos va bloger

    Raximov Sarvarjon Xamidjonovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi siyosiy sharhlovchisi

    Rashidova Nargizaxon Rashidovna - «Mening yurtim» telekanali efirga uzatish bo‘limi muharriri

    Sakayeva Elina Ibragimovna - «Gazeta.uz» internet nashri muharriri

    Samatova Salima Abdinazarovna - Kasbi tumani axborot-kutubxona markazining abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi mutaxassisi, Qashqadaryo viloyati

    Xamidov Xayrulla Ubaydullayevich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Sport» ijodiy birlashmasi sharhlovchisi

    Sherova Laziza Shomilovna - «O‘zbekiston ovozi» gazetasining parlament faoliyati bo‘limi mudiri

    Yaqubjonova Nilufar Oybekovna - Andijon viloyati teleradiokanalining radio guruhi katta muharriri

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Sh.Mirziyoyev