Bu boʻyicha Samarqand viloyat IIB JXX YHXB matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Shu yilning 12-iyul kuni soat 16:28 da Samarqand tumani "Yangi ariq" MFY hududidan harakatlanib ketayotgan fuqaro J.O boshqaruvida boʻlgan "Matiz" rusumli avtomobilda yongʻin chiqishi oqibatida yoʻl yoqasidagi I.A.S. fermer xoʻjaligiga qarashli gʻalladan boʻshagan yerda yongʻin sodir boʻlganligi haqida viloyat FVB ga xabar kelib tushgan.
Xabarga koʻra, voqea joyiga 2 ta Yongʻin-qutqaruv ekipaji yuborilib, soat 16:37 da yongʻin oʻrab olindi va soat 17:18 da batamom oʻchirildi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar aniqlanmadi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.