Mavji bahor

    Ekspozitsiyadan oʻrin olgan ijodiy ishlarda ijodkorning turli yillarda ishlangan oʻqigan, kuzatgan voqealar, Buxoro meʼmoriy yodgorliklari turmush tarzimiz, hayotimiz aksi, falsafasi, urf-odatlari, ijtimoiy-siyosiy tariximiz, madaniyatimiz, insonlar siymosi, tabiat manzaralari sanʼat muxlislarini, tomoshabinlarni befarq qoldirmaydi.

    Toshkent Fotosuratlar uyida Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi Raim Hakimovning “Mavji Buxoro” nomli 25 ta rangtasvir, 35 ta Buxoro “Abru- bahor” (bulutli bahor) zamonaviy uslubdagi ijod namunalaridan tashkil topgan koʻrgazma ochildi. Taqdim etilgan asarlarda tarixiy-afsonaviy, falsafiy-estetik, maʼrifiy, shuningdek oʻtmish texnikasini oʻrganish asosida yaratilgan Buxoro “Abru-bahor” yoʻnalishida bu sohada oʻquv qoʻllanma qilib chop ettirgan.

    Ekspozitsiyadan oʻrin olgan ijodiy ishlarda ijodkorning turli yillarda ishlangan oʻqigan, kuzatgan voqealar, Buxoro meʼmoriy yodgorliklari turmush tarzimiz, hayotimiz aksi, falsafasi, urf-odatlari, ijtimoiy-siyosiy tariximiz, madaniyatimiz, insonlar siymosi, tabiat manzaralari sanʼat muxlislarini, tomoshabinlarni befarq qoldirmaydi.

    Rassom R.Hakimov 1951-yilda Buxoro shahrida tugʻilgan. P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida, Buxoro davlat pedagogika institutida oʻqigan. 1977-yildan Respublika va xalqaro koʻrgazmalar ishtirokchisi.

    Koʻrgazma namoyishi davom etmoqda.

    Hasan Abdunazarov