Unga muvofiq, 71 ta kasb-hunar kollejlarining bino-inshootlaridan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari sifatida foydalanish uchun 68 ta kasb-hunar kollejlarining bino-inshootlaridan umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qoʻshimcha oʻquv binosi qurib berilguniga qadar vaqtincha bepul foydalanish uchun xalq taʼlimi tizimiga oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari Toshkent shahrida namunaviy loyiha asosida qurilgan 13 ta sobiq umumtaʼlim maktablarining bino-inshootlari xalq taʼlimi tizimiga qaytarish orqali quvvatiga nisbatan oʻquvilar soni koʻp boʻlgan maktablarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash rejalashtirilgan.

Mazkur Farmoyish asosida bino-inshootlarni xalq taʼlimi tizimiga oʻtkazish va natijada xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini tashkil etish va quvvatiga nisbatan oʻquvchilar soni koʻp boʻlgan maktablarda taʼlim olayotgan oʻquvchilar uchun munosib sharoitlar yaratiladi.