Ma'lumotlarga ko'ra, asosan Senegal va Gambiyadan kelgan, suvga cho'kib, hayotdan ko'z yumgan muhojirlarning jasadlari Ndiago shahri yaqinidagi qirg'oq qo'riqlash xizmati xodimlari tomonidan topildi.
Qayiqdagi 184 muhojirdan 36 nafari qutqarildi, yana bir necha o'nlab kishi bedarak yo'qolgan deb hisoblanmoqda.
Taxminlarga ko'ra, qayiq Senegal-Mavritaniya chegarasidagi quruqlikdan okeanga chiqqan.
G'arbiy Afrika mamlakatlari qirg'oqlaridan Yevropaga noqonuniy muhojirlarni olib o'tishga urinishlar odatiy holga aylangan. Ko'pincha shu maqsad uchun yaroqsiz kemalarda uzoq masofalarga yo'l olish ana shunday fojialarga va odamlar o'limiga sabab bo'moqda, deb xabar beradi report.az.