Mavritaniya yaqinida migrantlar kemasining cho'kib ketishi oqibatida 25 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Mavritaniya qirg'oqlari yaqinida halokatga uchragan afrikalik muhojirlar kemasi qurbonlari soni 25 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Agence France-Presse.

    Yevropaga yo'l olgan kemadagi yo'lovchilarning aksariyati Senegal va Gambiya fuqarolaridir.

    Avvalroq Xalqaro migratsiya tashkiloti 22-iyul kuni Mavritaniya poytaxti Nuakxot yaqinida kema ag'darilib ketishidan oldin 300 ga yaqin odam Gambiya qirg'oqlarida qayiqqa o'tirib, Atlantika okeanida yetti kun suzganini ma'lum qilgan edi.

    Tashkilotning ta'kidlashicha, Mavritaniya qirg'oqlari yaqinida halokat “G'arbiy Atlantika yo'nalishi bo'ylab migratsiya kuchayishi fonida sodir bo'ldi, bu yerda ko'plab muhojirlar yaxshiroq imkoniyatlar izlash yoki o'z mamlakatlarida qiyin vaziyatlardan qochish uchun xavfli sayohatlarni amalga oshirishadi”.

    G'arbiy Afrika mamlakatlari qirg'oqlaridan Yevropaga noqonuniy muhojirlarni olib o'tishga urinishlar odatiy holga aylangan. Ularning ko'pincha shu maqsad uchun yaroqsiz kemalarda uzoq masofalarga yo'l olishi fojiaga va odamlarning o'limiga olib keladi, deb xabar beradi tass.ru.