Maʼlum qilinishicha, korxonada chang-gaz tozalash uskunasining samaradorligi meʼyorga javob bermagan. Ifloslantiruvchi moddalar havoga belgilangan meʼyordan ortiq chiqarilgan. Kimyoviy moddalar tegishli hududda saqlanmagan, suv tarkibida zararli moddalar meʼyoridan yuqori boʻlgan. Kompensatsiya toʻlovlari oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilmagan.
Qonunbuzilishlar sabab Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (hozirgi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi) sudga murojaat qilib, korxona faoliyatini kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar toʻxtatishni soʻragan.
2025-yil 26-noyabrda Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudi mazkur arizani qanoatlantirib, “Maxam-Chirchiq” AJ faoliyatini toʻxtatish haqida hal qiluv qarori chiqardi.