Kiritilgan qoʻshimchalar bilan maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz berish muddatlari belgilandi. Unga koʻra, imtiyoz muddati investitsiya hajmiga qarab:
3 mln AQSH dollaridan – 5 mln AQSH dollarigacha investitsiya uchun – 3 yil;
5 mln AQSH dollaridan – 15 mln AQSH dollarigacha investitsiya uchun – 5 yil;
15 mln AQSH dollari va undan koʻp investitsiyalar uchun –10 yil muddatga foyda soligʻidan ozod qilinadi.
Mazkur muddatlar ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan hisoblanadi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.