"Bu koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bogʻliq holatni barqarorlashtirish imkonini yaratdi.

15-avgustdan boshlab mamlakatimizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarning barqaror ishlashini taʼminlash, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida karantin cheklovlari yumshatilmoqda.

Karantin qoidalarini yumshatish uni bekor qilishni anglatmaydi. Kasallanishlar soni koʻpayishining oldini olish maqsadida, Komissiya fuqarolar tomonidan shaxsiy himoya choralariga qatʼiy rioya qilishni davom ettirishlarini soʻraydi. Shu jumladan:

  • jamoat joylarida niqob taqib yurish;
  • ijtimoiy masofani saqlash;
  • qoʻllarni muntazam yuvish va antiseptik gigiyena vositalaridan doimiy foydalanish.

Ushbu qoidalarga amal qilmaslik kasallikning qayta avj olishiga va natijada qattiq karantin choralari takroran kuchga kiritilishiga olib kelishi mumkin.