Rossiya va Qozogʻiston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 14-sentyabr kuni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ poyezdi 938 nafar yurtdoshlarimiz bilan “Kinel” stansiyasidan Oʻzbekistonga joʻnagan edi.

Mazkur poyezd Toshkent Janubiy vokzaliga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.

Maʼlumot uchun: Oʻzbekistonlik 4,2 mingdan ortiq muhojir Rossiyaning Samara viloyatidagi vaqtinchalik yashash punktida toʻplanib qolgan. Lagerda maʼmuriy va tibbiy chodirlar bor. Suv yetkazib berish, oziq-ovqat va zaruriy buyumlarning savdosi yoʻlga qoʻyilgan.