Unga Respublikaning 4 ta viloyati – Navoiy, Qashqadaryo, Surxadaryo, Xorazm va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan vakillar kuzatuvchi sifatida taklif etildi.

Mashgʻulotlar xavfli ishlab chiqarish obyektlarida yongʻinning oldini olish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar paytida avariyaviy holatlarni bartaraf etish boʻyicha amaliy koʻnikmalarni takomillashtirish maqsadida oʻtkaziladi.

Mashgʻulot davomida zavodning “21 D05” texnologik qurilmasida shartli ravishda sigʻimning germetikligi buzilib, koʻp miqdordagi uglevodorodlar sizib chiqishi sodir etildi. Gaz sizib chiqishini toʻxtatish uchun favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimining kuch va vositalari, shuningdek, obyektning texnik xodimlari yoʻnaltirildi.

Shartli gaz sizib chiqishi mobilizatsiya ishlari va fuqaro muhofazasi xizmatining rejasiga muvofiq bartaraf etildi, jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatildi, harbiylashtirilgan gazdan qutqaruv otryadi, sanitariya drujinasi, yongʻin-qutqaruv qismining jalb etilgan xodimlari samaradorlik va yuqori darajadagi hamkorlikni namoyish etishdi.

Mashhulotning ikkinchi bosqichida shartli yongʻin neft mahsulotlarini quyish-toʻkish estakadasi uchastkasida sodir boʻldi. Namuna olish paytida ishchida statik elektr tokining uchqun razryadi paydo boʻlishi natijasida sisternada yongʻin yuzaga keldi.

Hodisa joyga zudlik bilan yetib kelgan avariya texnik guruhi tomnidana yongʻin tezda oʻchirildi. Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatildi.
Qayd etish joizki, bu kabi qoʻshma mashgʻulotlar xavfli ishlab chiqarish obyektida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ishchilarning yuqori tayyorgarligini saqlashga imkon beradi.

Taktik mashgʻulotlar oʻz vaqtida va samarali bajarildi. Masʼullar xizmat vazifalarini ado etishda mustahkam bilim va mukammal amaliy koʻnikmalarni namoyish etishdi.

Yongʻin oʻchirish maxsus-taktik mashgʻulotida 269 kishi ishtirok etdi, jarayonga 23 ta ixtisoslashtirilgan texnika vositalari jalb etildi. Sanitariya-epidemiologiyaning barcha talablari bajarildi.

Buxoro viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan strategik ahamiyatga ega obyektda favqulodda vaziyatlardan asrashda oʻt oʻchiruvchilar va qutqaruvchilar professional darajadagi hamkorlikni namoyish etishganligi eʼtirof etildi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati