Hududning katta qismida oyning birinchi yarmida oʻrtacha kunduzgi harorat 24-27 darajani, ikkinchi yarmida esa 28-31 darajani tashkil etadi. May oyida yoz faslidagi kabi harorat 35-37 darajagacha boʻlgan issiq kunlar ham kuzatiladi. Meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun may oyining mutlaq maksimumi 39-41 darajani, shimolda, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 43-45 darajani tashkil etadi.

Biroq, juda kamdan-kam hollarda, may oyida ham kunduzgi harorat 13-18 darajagacha pasayadigan kunlar kuzatiladi. Respublika hududining katta qismida 1989-yilning may oyi boshida kechalari sovuq kuzatilgan. Bu Oʻzbekistonda meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng kechki sovuqlardir.

May - hali ham yogʻingarchilik koʻp boʻladigan oy deb hisoblanadi. May oyidagi oylik yogʻingarchilik meʼyori mart va aprel oylariga nisbatan taxminan uchdan bir qismga kamroqdir. May oyida yomgʻir, koʻpincha, qisqa muddatli tavsifga ega va deyarli har doim momaqaldiroq bilan kuzatiladi.

Ushbu yilda-may quruq va iliq ob-havo bilan boshlanadi.

1-may kuni havo harorati 30-33 daraja atrofida boʻladi. Soʻngra, hafta davomida havo harorati biroz pasayadi va kunduzi 23-28 darajani tashkil etadi, oʻn kunlikning eng oxirida esa harorat yana koʻtarila boshlaydi. Keyinchalik may oyining oxirigacha harorat kechalari 10-13 darajadan 17-20 darajagacha, kunduz kunlari 22-25 darajadan 32-35 darajagacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.

1-maydan 10-maygacha asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat 4-may kuni shimoli-gʻarbiy hududlarda, 6-7-may kunlari respublikaning qolgan hududlarida asosan jadalligi biroz boʻlgan momaqaldiroqli qisqa muddatli yomgʻirlar yogʻishi mumkin. Umuman olganda, may oyida yogʻingarchilik meʼyordan kam, baʼzi joylarda meʼyor atrofida boʻlishi prognoz qilinmoqda.

Ammo shuni esdan chiqarmasligimiz joizki, may oyida ob-havo oʻzgaruvchandir. Koʻpincha may oyida kuchli jala yomgʻirlar yogʻadi, bunda bir necha soat ichida oylik yogʻingarchilik meʼyorining yarmigacha yoki undan koʻp qismi yogʻishi kuzatiladi.

Shunday qilib, Toshkentda bir kecha-kunduz uchun maksimal yogʻingarchilik miqdori oylik meʼyor 41 mm boʻlganda 50 mm ni tashkil etadi, Toshkent viloyatining togʻ oldi va togʻli hududlarida may oyining ayrim kunlari bir kecha-kunduzgi yogʻingarchilik miqdori 90-120 mm boʻlgan juda kuchli jala yomgʻirlar yogʻishi kuzatilgan edi. Koʻpincha bunday yomgʻirlar mahalliy xarakterga ega va hatto bitta shahar ichida juda turli jadallikka egadir.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda kuchli jala yomgʻirlar yogʻib oʻtishi ayniqsa xavflidir. Ular sel kabi tabiiy hodisaning shakllanishiga olib kelishi mumkin.

Sel oqimlarini prognoz qilish va iqtisodiyot tarmoqlari va aholini oʻz vaqtida xabardor qilish Oʻzgidromet faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Oʻzgidromet prognozlari va tezkor gidrometeorologik axborotlarini kuzatib boring, shunda siz salbiy tabiat hodisalardan kelib chiqadigan zararni oldini olish choralarini koʻrishingiz mumkin.