28-iyul kuni Mayamida (AQSh) barja bortida olti kishi bo'lgan qayiq bilan to'qnashib ketdi. Oqibatda ikki nafar bola halok bo'ldi, yana ikki nafari og'ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda AP xabar bermoqda.
AQSh qirg'oq xavfsizligi vakili Nikolas Strasburgning so'zlariga ko'ra, yelkanli qayiqdagi olti kishining barchasi qutqaruvchilar tomonidan suvdan chiqarib olingan, to'rt nafar bola esa yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazilgan, ulardan ikki nafari hayotdan ko'z yumgani ma'lum qilingan.
Mayami yaxta klubi ma'lumotlariga ko'ra, ularning barchasi 7 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan elkanli lagerda bo'lgan, deb xabar beradi korrespondent.net.
Mayamidagi qirg'oq qo'riqlash sektori rahbari kapitan Frenk Florio: “Sohil xavfsizlik xizmati puxta tergov olib boradi.









