AQSH matbuotiga ko'ra, siyosatchi bu haqda 7-iyun kuni Ayova shtatida rejalashtirilgan nutqi, shuningdek, maxsus videomurojaati chog'ida ommaga e'lon qilishni rejalashtirgan. Endi Pens ovozlar uchun raqobatlashishiga to'g'ri keladi: boshqa nomzod, AQSHning sobiq yetakchisi Donald Trampning reytingi yuqoriroq, prezidentlikka da'vogarlik qilayotgan nomzodlar orasida Florida gubernatori Ron Desantisning mavqei ham ancha baland.
AQSHda prezidentlik saylovi 2024-yilning noyabriga belgilangan. Oq uyning amaldagi rahbari Jo Bayden ham ikkinchi muddatga saylanishini rasman e'lon qildi. Agar ikkinchi bor saylansa, lavozimga kirishadigan paytda u 82 yoshga to'lgan bo'ladi, deb xabar beradi mir24.tv.