Maymun chechagi infektsiyasini yuqtirgan it aniqlandi

    Parijda uy hayvonida maymun chechagi infektsiyasining birinchi shubhali holati qayd etildi.

    To'rt yoshli jonivor maymun chechagiga chalingan. Dastlab kasallik belgilari uy egalarida kuzatilgan va 12 kundan keyin ayni shu belgilar itda ko'zga tashlandi. Uning terisida shilinish, qorin bo'shlig'ida yaralar paydo bo'ldgan.

    The Lancet tibbiy jurnalida chop etilgan maqolada JSSTning maymun chechagi bo'yicha etakchi mutaxassisi Rozamund Lyuis uy hayvonlarini virus bilan kasallangan oiladan ajratishga chaqirdi. Uning qo'shimcha qilishicha, itning maymunchechak tashuvchisi bo'lgani hali noma'lum, deb yozadi The Washington Post nashri.