Daniyaning “Bavarian Nordic A/S” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan MVA-BN vaksinasi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti dastlabki kvalifikatsiyasidan oʻtgan maymun chechagiga qarshi birinchi emlash vositasi boʻldi.
Qayd etilishicha, mazkur vaksina 18 yoshdan oshgan insonlarga moʻljallangan. Uni toʻrt haftalik tanaffus bilan, ikki dozada, inyeksiya tarzida qabul qilish mumkin.
Emlash vositasini muzlatkichda saqlash belgilangan. Tashqi muhitda esa vaksina 2-8 daraja iliq haroratda sakkiz haftagacha oʻz taʼsir kuchini yoʻqotmaydi.
Eslatib oʻtamiz, mpox (maymun chechagi) virusi soʻnggi oylarda yana global xavf omiliga aylangach, avgust oʻrtalarida ushbu epidemiya Afrika mintaqasida favqulodda holat, deb eʼlon qilingan edi.