Mamlakat energetika vaziri Kumar Jayakodi elektr tokining o'chishiga maymun sabab bo'lganini aytdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
22 million aholisi bo'lgan orol davlatidagi shifoxonalar va korxonalar uzilishlar sababli generator va invertorlardan foydalanmoqda.
Rasmiylar elektr energiyasini bir necha soat ichida tiklashga va'da berishdi. Biroq, birinchi navbatda, shifoxonalar va suv tozalash inshootlari tokka ulanadi.
Energetika vazirining tushuntirishicha, elektr tokining o'chirilishiga maymunning “tarmoqli transformatorga tegingani tufayli tizimda nomutanosiblik yuzaga kelgani sabab bo'lgan”.
Elektr ta'minoti idorasining ma'lum qilishicha, uzilish poytaxt Kolombo janubidagi podstansiyadagi nosozlik tufayli yuzaga kelgan, deb xabar beradi korrespondent.net.