Mayor Bahodir Vaisov “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq Mudofaa vazirligining marhum harbiy xizmatchisi – mayor Vaisov Baxadir Rajabboyevich “Jasorat” medali bilan mukofotlandi.

    Marhum harbiy xizmatchi oʻz xizmat vazifasini bajarish chogʻida muqaddas qasamyodi va burchiga sodiq qolib, yurt tinchligi va farovonligi, fuqarolar hayoti va davlat mulkini saqlab qolish yoʻlida oʻz jonini xatarga qoʻyib, chinakam mardlik va fidoyilik namunasini koʻrsatdi.

    Bugun Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni hamda Xorazm viloyati hokimligi vakillari birgalikda Shovot tumanida istiqomat qiluvchi marhumning oila aʼzolariga “Jasorat” medalini topshirdi.

    Marhum ofitser mayor Baxadir Vaisovning oila aʼzolari Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni hamda davlatimizning doimiy eʼtibori va ijtimoiy himoyasida boʻladi. Oilasiga qonunchilikda belgilangan barcha imtiyozlar koʻrsatiladi.