Mayorka orolida ikkita yo'lovchi samolyoti to'qnashib ketdi

    Ispaniyada Mayorka orolidagi Palma shahri aeroportida ikkita yo'lovchi samolyoti to'qnashib ketdi.

    Samolyot Barselonadan Balear orollariga yetib kelgan va uchish-qo'nish yo'lagida Frankfurtga uchishga hozirlanayotgan samolyotga borib urilgan. Oqibatda birinchi samolyot qanotining bir qismi sinib tushdi, ikkinchi havo kemasi ham zarar ko'rdi.

    Crónica Balear nashrining yozishicha, ikkala samolyotning tezligi yuqori bo'lmagan va shu sababli yo'lovchilar jabrlanmagan.

    Hodisa tufayli Barselona va Frankfurtga parvozlar bekor qilindi. Hozirda mutaxassislar hodisa sabablarini o'rganishga kirishgan, deb xabar beradi mir24.tv.