Sky Sports xabariga ko'ra, “Real Madrid” Mbappe bilan shartnoma imzolay olmasa, “Manchester Siti” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Al`varesni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqadi.
“Real” rahbariyati Mbappeni qo'lga kirita olishiga ishonmayapti. Frantsiyalik hujumchi PSJ bilan shartnomani uzaytirishi mumkin. Bundan tashqari, kelasi yozda “Liverpul`” Mbappeni olishga bor imkoniyatini sarflaydi. eslatib o'tamiz, Mbappening Parij klubi bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi.
Xulian Al`vares esa o'tgan mavsum “Man Siti” tarkibida barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urishga erishgan. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 50 million evro.
23 yoshli jahon chempionining “shaharliklar” bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha tuzilgan. Xulian Al`vares ichki raqobatda erling Xolandga imkoniyatni boy beryapti. Shu bois, Al`vares “Real” taklifini qabul qilish ehtimoli katta.