Ispaniyaning mashhur El Chiringuito shovusida shu haqda ma'lumot berildi – Mbappe Parijdagi shartnomasini uzaytirmaydi.

Jurnalist Ramon Alvares de Mon dastur davomida Mbappe “Real Madrid”ga o'tishni istayotgani haqida xabar berdi. Tomonlar 2024-yilning boshidayoq futbolchining yozda mazkur jamoaga o'tishi haqida kelishib olishlari mumkin. Aytish joizki, Kilian Mbappening amaldagi mehnat shartnomasi 2024-yilning o'rtalariga qadar amal qiladi. Demak, yanvar oyidan boshlab futbolchi xorijning boshqa klublari bilan erkin muzokaralar olib borish va hatto ulardan biri bilan yoz uchun dastlabki shartnoma imzolash huquqiga ega bo'ladi, deb xabar beradi euro-football.ru.