Mbappe “PSJ”dan ketishini e'lon qildi – OAV

    “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya grandi Prezidenti Nosir Al-Xelayfiga mavsum yakunida klubni erkin agent sifatida tark etishi haqida ma'lum qildi.

    Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.

    Romanoning xabar berishicha, fransiyalik futbolchi “Real”ga o'tishga yaqin turibdi.

    Mbappe 2018-yildan buyon “PSJ”da o'ynab kelmoqda. Bu davrda u barcha turnirlarda 290 ta uchrashuvda qatnashib, 243 ta gol va 105 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2024-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 180 million yevroni tashkil etadi, deb xabar beradi tengrisport.kz.