Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo'ston tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Q.F.” MChJ ta'sischisi I.G'. va Davlat kadastrlari palatasi Bo'ston tumani filiali sobiq mutaxassisi B.G'. MChJga bank filialidan ajratilgan 500 million so'm kredit uchun garovga qo'yilgan ko'chmas mulkga ta'qiq qo'yilmaganligidan foydalanishib, soxta kadastr hujjatlarini tayyorlash orqali hududdagi boshqa tijorat banki filialidan yana qurilish ishlarini amalga oshirish uchun kredit ajratilishiga erishib, ushbu kredit mablag'ining 370,7 million so'mini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.