MDH Inson huquqlari boʻyicha Komissiyasining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

    Xalqaro hamkorlik 30 Noyabr 2023 413

    2023-yil 29-noyabrda Minsk shahrida MDH Inson huquqlari boʻyicha Komissiyasining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

    Gibrid shaklida shaklida boʻlib oʻtgan muhokamalarda Oʻzbekiston, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston hamda Hamdoʻstlik Bosh kotibi va MDH ijroiya qoʻmitasi vakillari ishtirok etdi. Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari ishtirok etdi. Delegatsiya tarkibida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi oʻrinbosari M.Tillabayev ham qatnashdi.

    Tadbirda soʻz olgan MDH Bosh kotibi S.Lebedev ushbu Komissiya hamdoʻstlik mamlakatlarida inson huquqlarini himoya qilishda muhim vosita boʻlishiga umid bildirdi.

    Yigʻilishda Komissiyaning 2024-2025-yilgi ish rejasiga inson huquqlarini himoya qilishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratilgan chora-tadbirlar va boshqa tashkiliy masalalar muhokama etildi.

    Shuningdek, Komissiya aʼzolari ushbu yoʻnalishda MDHga aʼzo davlatlar oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashi taʼkidlandi va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan bayonot qabul qilindi, deb xabar beradi Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati.