MDH mamlakatlari parlamentariylari tarixiy xotirani asrab-avaylash masalasini muhokama qildilar

    Xalqaro hamkorlik 27 Oktabr 2022 725

    27-oktyabrda Samarqandda MDH PA Siyosiy masalalar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha doimiy komissiyasining majlisi o‘tkazildi.

    Yig‘ilish ishtirokchilari Markaziy Amerika parlamentining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi faoliyatida ishtirok etish masalasi bo‘yicha murojaati masalasini ko‘rib chiqdilar.

    Muhokama qilingan yana bir muhim masala - tarixiy xotirani asrab-avaylash va tarixni soxtalashtirish urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik masalasi bo‘ldi.

    Komissiya a’zolari shuningdek, MDH Parlamentlararo Assambleyasi kuzatuvchilari guruhining mintaqadagi saylovlarni kuzatishdagi ishtiroki haqidagi axborotni eshitdi.

    Yig‘ilish ishtirokchilari komissiyaning 2022-yildagi faoliyati yakunlarini sarhisob qilib, MDH PA Siyosiy masalalar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha doimiy komissiyasi raisining o‘rinbosarlarini sayladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatini Axborot xizmati.