Ushbu majlislarda Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiz Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston maxsus xizmatlari rahbarlari ishtirok etadi.
Tadbirlarda, shuningdek, MDH Ijroiya qoʻmitasi va MDHga aʼzo davlatlar Aksilterror markazi vakillari ham qatnashadi.
Ushbu anjumanlardan koʻzlangan asosiy maqsad Hamdoʻstlik makonida xavfsizlikni taʼminlash, shu jumladan, xalqaro terrorizm va ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, axborot xavfsizligiga tahdidlar, shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy xalqaro aylanmasiga qarshi kurashish borasida hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Yigʻilishlar davomida zamonaviy tahdidlar va oʻzaro harakatlarni muvofiqlashtirishga oid keng qamrovli masalalar koʻrib chiqilishi kutilmoqda.
Muzokaralar yakunida delegatsiyalar rahbarlari mintaqaviy va global xavfsizlikni taʼminlash borasida oʻzaro hamkorlikning aniq vazifa va yoʻnalishlarini belgilab olishadi.








