MDH oʻyinlari: Medallarimiz soni 47 taga yetdi

    Sport 7 Sentabr 2021 1964

    Qozon shahrida (Rossiya) davom etayotgan MDH oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasining muvaffaqiyatli ishtiroki davom etadi.

    Ayni paytda delegatsiyamizning medallari soni 47 tani tashkil qiladi.

    Ortda qolgan kunda jamoamiz oʻq otish, koresh va 3×3 basketbol boʻyicha medallarga sazovor boʻldi. Unda delegatsiyamiz hisobiga 1 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medallari yozildi. Gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarimiz quyidagilar:

    Oltin medal:

    Oʻq otish, 10 metr: Muhammad Kamolov

    Kumush medal:

    Koresh:

    -70 kg: Manguberdi Imyanov

    -75 kg: Husan Abduhakimov

    -100 kg: Uchqunjon Xursandov

    Mutlaq vazn: Ilyosbek Obidjonov

    Bronza medal:

    Koresh:

    -65 kg: Abdurahmon Egamov

    -80 kg: Muhammadkarim Karimov

    -85 kg: Akmaljon Hakimov

    -90 kg: Umidjon Jalilov

    -120 kg: Asadbek Zokirov

    Basketbol boʻyicha 3×3 qizlar jamoasi:

    Farangiz Jalilova

    Anastasiya Soy

    Ramilya Zamaletdinova

    Inna Shek

    Shu tariqa, delegatsiyamiz hisobidagi medallar 15 ta oltin, 18 ta kumush va 14 ta bronzani tashkil qiladi. Jami 47 ta medal toʻplagan Oʻzbekiston jamoasi umumjamoa hisobida Rossiyadan soʻng ikkinchi oʻrinda turibdi, deb xabar beradi Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.