Tashrif davomida MDH PA kuzatuvchilar guruhi siyosiy partiyalar saylovoldi shtablari rahbariyati bilan uchrashuvlar oʻtkazmoqda.

7-oktyabr kuni Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasida delegatsiya vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda davomida  kuzatuvchilar guruhi har bir siyosiy partiya tarixi va gʻoyalari, partiya nomzodining Saylovoldi dasturi hamda  targʻibot va tashviqot ishlari xususan, partiya va nomzodning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarligi, saylov kampaniyasi va saylovoldi tashviqoti davridagi faoliyati bilan tanishtirildi.

Saylov shtabi guruhlari va ularning vazifalari toʻgʻrisida axborot berildi.

Shu bilan birga, Saylov jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov kodeksiga  muvofiq ochiq va shaffof oʻtayotgani hamda Saylovoldi tashviqot ishlari jarayonida ommaviy axborot vositalarida barcha partiyalar va ularning Prezidentlikka nomzodlari uchun  teng imkoniyatlar yaratilgani qayd etildi.

Qayd etish joiz, MDH PA kuzatuvchilari oʻz faoliyati davomida Toshkent shahri va viloyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatadi va monitoring olib boradi.

Uzoq muddatli monitoring davomida DPRXI ekspertlari saylov kampaniyasining asosiy bosqichlarini kuzatadilar va tahlil qiladilar. Shuningdek saylov jarayonining ishtirokchilari - turli darajadagi saylov komissiyalari rahbarlari va siyosiy partiyalar shtablari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazadilar. Uzoq muddatli kuzatuv natijasi sifatida yakuniy hisobot eʼlon qilinadi.