MDH PAning sessiyasida madaniyat, turizm va sport sohasidagi yangi qonun loyihalari muhokama etildi

    Xalqaro hamkorlik 27 Oktabr 2022 1528

    Joriy yil 27-oktyabrda Samarqand shahridagi Kongress markazida MDH PA Madaniyat, axborot, turizm va sport bo‘yicha doimiy komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan MDH PA sessiyasi doirasida o‘tkazildi.

    Doimiy komissiya majlisini uning raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Zohidov olib bordi.

    Hamdo‘stlik mamlakatlari parlamentlari vakillariga MDH davlatlari uchun namunaviy Intellektual mulk kodeksining yangi tahriri loyihasi taqdim etildi.

    Parlamentariylar, shuningdek, madaniyat, turizm va sport sohalarida raqamli rivojlanish jabhasida qonun ijodkorligi yo‘nalishini ham muhokama etdi.

    Shuningdek, majlis kun tartibidan «Televidenie va radioeshittirish to‘g‘risida»gi, «Raqamli media-resurslar muhitida elektron aloqalar to‘g‘risida»gi namunaviy qonunlarni ishlab chiqish masalalari o‘rin oldi.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.