MDH parlament delegatsiyalari rahbarlari Tojikiston Prezidenti bilan uchrashdi

    Dushanbe shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar parlament delegatsiyalari rahbarlarining Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Suhbat chog‘ida MDH doirasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish, davlatlar o‘rtasidagi parlamentlararo muloqotni kuchaytirish hamda mintaqaviy barqarorlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

    Tadbir ishtirokchilari Prezident Emomali Rahmonning Dushanbedagi «Qasri Millat» davlat saroyi bo‘ylab qisqa ekskursiyasi davomida ushbu maskanning tarixiy va me’moriy ahamiyati bilan ham tanishdilar, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.