Tadbir doirasida mutafakkirning “Qalblar sevgisi” nomli kitobi belorus tilida taqdim etildi. Yigʻilganlar buyuk shoirning umuminsoniy qadriyatlarni tarannum ettuvchi asarlari toʻgʻrisida fikr bildirishdi. Shuningdek, joriy yilda uning asarlari tarjimasi va targʻibotiga nafaqat Oʻzbekistonda, balki xorijda ham katta eʼtibor qaratilayotganini taʼkilashdi.
Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasining Belorussiyadagi elchixonasi, Belorus Respublikasi Prezidenti kutubxonasi hamda MDH ijroiya qoʻmitasi tomonidan oʻtkazildi.