Mebelsozlikka berilgan bojxona imtiyozlari muddati 2024-yil 1-yanvarga qadar uzaytiriladi

    Hukumat 7 Noyabr 2022 1362

    Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, mebelsozlikda kelgusi yilda mahsulot hajmini 5 trillion soʻmga, eksportni 50 million dollarga yetkazish zarur.

    Buxoro, Namangan, Samarqand, Andijon, Fargʻona va Xorazmda 100 ga yaqin mahalla mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgani, ularni kengaytirish zarurligi qayd etildi.

    Ushbu viloyatlar hokimlariga bir oy muddatda mahallalar atrofida mebel sanoat markazlarini tashkil qilishga koʻrsatma berildi. Shuningdek:

    - kelgusi yilda 250 ta mebelchilik loyihasini ishga tushirib, 10 mingta yangi ish oʻrni yaratish;

    - 15 ta mebelsozlik sanoat zonalari infratuzilmasiga 55 milliard soʻm ajratish;

    - mebelsozlikka berilgan bojxona imtiyozlari muddatini 2024-yil 1-yanvarga qadar uzaytirish boʻyicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.