Adliya vazirligi tomonidan mazkur masala oʻrganilganda unda jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi umummajburiy kuchga ega boʻlgan huquqiy normalar belgilanganligi aniqlandi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq vazirlik va idoralarning shunday turdagi huquqiy hujjatlari Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan bu turdagi hujjatlar tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin emas hamda huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.
Shu bois, media mahsulotlarini “maʼnaviy ekspertiza”dan oʻtkazishni joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu hujjatni qabul qilgan organlar tomonidan bekor qilinganligi va ijrodan chaqirib olinganligi maʼlum qilinadi.
Shu bilan birga, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi mutaxassislari tomonidan turli manbalarda tarqatilgan media mahsulotlarning amaldagi qonunchilikka zidligi aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etish yuzasidan tahliliy fikrlar tarzida vakolatli organlarga belgilangan tartibda taklif kiritib borish maqsadga muvofiqligi haqida tavsiyalar berildi.