Navbatdagi media-trening jurnalist va blogerlar, xususan, yoshlar uchun oʼziga xos maktab boʼldi.
Oʼzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti dotsenti Gulnora Nishonovaning mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayonni keng yoritishda jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari vakillarining oʼrni, ishtiroki, huquqlari, vazifalari va kasbiy masʼuliyati masalalaridagi maʼlumotlarini auditoriya katta qiziqish bilan tingladi.
Treningda saylov jarayonlarini yoritishning muhim yoʼnalishlari, komponentlari, jurnalistning saylov qonunchiligini bilmasligi oqibatida yuzaga keladigan vaziyatlar, OАV vakillari ovoz berish jarayonida va undan keyingi vaziyatlarda qay tartibda ish olib borishi lozimligi kabi masalalarga toʼxtalib oʼtildi. Shuningdek, Saylov kodeksida belgilab qoʼyilgan tartib-qoidalar haqida ham maʼlumotlar berildi.
Media-trening davomida amaliy mashgʼulot ham tashkil etilib, unda ishtirokchilar guruhlarga boʼlingan holda saylov jarayonlari borishi, ujarayonlarning OАVda yoritilishi borasidagi yutuq va kamchiliklar, shuningdek, muammolar tahlil qilindi.
Media-trening soʼnggida guruhlarning xulosalari tinglandi.