Unga koʻra, mediatorlar statistika maʼlumotlarini har chorak uchun hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasigacha hududiy adliya organlariga taqdim etadi.
Bunda, statistika maʼlumotlarini taqdim etish muddatining soʻnggi kuni dam olish yoki ishlanmaydigan bayram kuni yoxud boshqa ishlanmaydigan kunga toʻgʻri kelganda, taqdim etish muddati keyingi ish kuniga uzaytiriladi.
Statistika maʼlumotlarida xato va kamchiliklar aniqlanganda mediatorlar shu kunning oʻzida mazkur xato va kamchiliklarni bartaraf etish haqida xabardor qilinadi.
Hududiy adliya organlari statistika maʼlumotlarini umumlashtiradi va hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay Adliya vazirligiga taqdim etadi.
Adliya vazirligi taqdim etilgan statistika maʼlumotlarini umumlashtiradi va vazirlikning rasmiy veb-saytiga hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay joylashtiradi.