Kecha Yevropada YEL VA YEKL doirasida boʻlib oʻtgan sakkiz oʻyinning oltitasida mehmonlar gʻolib chiqdi. Yevropa Ligasidagi hisoblar haqida avvalgi xabarimizda maʼlumot berib oʻtdik. YEKLdagi oʻyinlar ham juda qizgʻin kurashlar ostida kechdi. “Lester” safarda PSV ustidan 1:2 hisobida irodali gʻalabaga erishib, keyingi bosqichga chiqdi.
PAOK oʻz uyida “Marsel”ga (0:1) yutqazdi. “Slaviya” – “Feyenoord” bahsi 1:3 hisobida yakuniga yetdi. YEKLning bu turida faqat “Roma” oʻz maydonida “Bude-Glimt”ni 4:0 hisobida yengdi. Shunda qilib 28-aprel va 5-may kunlari boʻlib oʻtadigan Yevropa Konfederatsiyalar kubogi yarim finalida “Roma” “Lester” bilan, “Marsel” “Feyenoord” bilan bahs yuritadi.