Qidiruvga berilgan jinoyatchi Nikaraguadan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi

    Noqonuniy migratsiya, firibgarlik kabi jinoyatlarni sodir etishda gumonlangan shaxs Nikaraguadan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi. Uni qoʻlga olish AQSH, Rossiya, Meksika, Turkiya va Panama davlatlari organlari yordamida amalga oshirildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari katta miqdorda firibgarlik sodir etgan jinoyatchini Managuadan Toshkentga olib kelishdi.

    Shuni taʼkidlash joizki, mazkur tadbir quyidagi tashkilotlarning qoʻllab-quvvatlashlari va hamkorligi natijasidir: Oʻzbekistonning TIV, AQSHning Anqara, Panama, Meksikadagi bojxona va chegara xizmatlari, Rossiya IIVning Nikaraguadagi vakili, AQSH Davlat departamenti Diplomatik xavfsizlik xizmatining Toshkent, Istanbul, Managua, Panama, Meksikadagi xorijdagi jinoiy ishlarni tergov qilish boʻlimlari.

    Masofa, vaqtdagi katta farq va bir qator sabablarni hisobga olib, jinoyatchini tranzit qilish va oʻtkazish boʻyicha barcha tartiblar Bosh kotibiyatning Qoʻmondonlik va muvofiqlashtirish markazi va Oʻzbekiston Respublikasida Interpolning milliy markaziy byurosi tomonidan muvofiqlashtirildi.

    Juda koʻp mamlakatlarning xizmatlari jalb qilingani ajablanarli emas, chunki jinoyatchining izi uzoq Markaziy Amerikada yoʻqolgan. Gumonlanuvchi boshqa qitʼada yashirinib, yana jinoiy faoliyat – noqonuniy migratsiya, xorijiy fuqarolarni Lotin Amerikasi davlatlari orqali AQSHga oʻtkazish bilan shugʻullangan.

    Biroq barcha jalb qilingan xizmatlarni birlashtirish va hamkorlikdagi saʼy-harakatlar tufayli gumondor qoʻlga olindi, tezkorlik bilan maʼlumot almashish natijasida firibgarni sudga tortish va munosib jazo belgilash uchun Oʻzbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilish va oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

    Oʻzbekiston Respublikasida Interpolning milliy markaziy byurosi