Mazkur murojaat mintaqaviy vakil nazoratiga olinib, Qarshi shahar “Suvtaʼminoti” MCHJ rahbariga fuqaro N.Sh. mehnat qonunchiligiga zid ravishda ishdan noqonuniy boʻshatilganligi va uning huquqlari buzilganligi tushuntirildi. Natijada fuqaro N.Sh. qayta oʻz lavozimiga tiklandi.
Shuningdek, mintaqaviy vakilga Dehqonobod tumani Oqtirma Oqrabod qishlogʻida yashovchi fuqaro Q.T. Qashqadaryo viloyati Transport boshqarmasi ustidan shikoyat qilib, ushbu boshqarmadan 2021-yil avgust oyi uchun ragʻbatlantirish toʻlovlarini ololmaganligini bildirdi.
Maʼlum boʻlishicha, fuqaro Q.T.ga Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi xuzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2021-yil avgust oyida ishlagan 10 ish kuni hisobidan oylik mukofot, oziq-ovqat va yoʻlkira harajatlari uchun jami 666,3 ming soʻm miqdoridagi pul mablagʻi toʻlab berilmagan.
Mintaqaviy vakilning koʻmagida unga ushbu miqdordagi mablagʻ toʻlab berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili
(Ombudsman) Axborot xizmati