Unda Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya tomonidan berilgan topshiriqlarining ijrosi hamda belgilangan vazifalarni kichik komissiya a’zolari bilan birgalikda hal etish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Mehnat kodeksiga sharh ishlab chiqish bo‘yicha tashkiliy masalalar kelishib olindi. Munosib mehnat masalalari bo‘yicha kichik komissiya a’zolari, yirik korxonalar vakillari va boshqa malakali mutaxassislardan kodeksni amaliyotda qo‘llanilishida uchrayotgan muammoli holatlar yuzasidan takliflar olindi.