Uch oy davomida issiqxona xoʻjaligida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirgan fuqarolar ish beruvchini ogohlantirmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini qoldirib, Moskva shahriga ketib qolgan. Ish beruvchi bilan muloqot qilinganida ularning hujjatlari patent rasmiylashtirish uchun olingani maʼlum boʻldi.

Muzokaralar natijasida fuqarolarning pasportlari ish beruvchidan olinib, pochta xizmati orqali Moskva shahriga joʻnatildi.