Insonparvarlik yordamini topshirish marosimida YEXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyati ishtirok etdi.
Taʼkidlash joiz, “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish” loyihasi doirasida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining qayta tayyorlash markazi YEXHT bilan hamkorlikda Konsultativ markaz jihozlangan edi.
Shuningdek, xorijda ishlab kelgan mehnat migrantlarini tadbirkorlikka oʻqitish, ichki mehnat bozoriga reintegratsiya qilish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslar tashkil etilgan hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi yangiliklarni fuqarolarga yetkazish, ularga tezkor huquqiy maslahat berish va murojaatlarini onlayn qabul qilish imkonini beruvchi consalting.labormigration.uz platformasi ishga tushirilgan.