Mehnat muhofazasi va xavfsizlik kriteriyalarini baholash bo‘yicha yangi standart ishlab chiqildi.

    Ijtimoiy hayot 22 Sentabr 2020 8752

    Har yili ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar yoki kasalliklar natijasida taxminan 2,78 million kishi vafot etadi.

    Bundan tashqari yuzlab, millionlab odamlar jarohat oladi. Bunday baxtsiz hodisalar jamiyatga katta zarar yetkazadi, shuningdek, tegishli qonunlarni qabul qilish va sogʻliqni saqlash va xavfsizlikka katta mablagʻ sarflashga olib keladi.

    ISO tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan yangi “ISO / TS 24179, Inson resurslarini boshqarish - mehnat muhofazasi va xavfsizlik kriteriyalari” standarti bu inson resurslarini boshqarish boʻyicha ichki va tashqi hisobotlar uchun taqqoslanadigan koʻrsatkichlarni taqdim etadigan texnik qoʻllanma (TS) va koʻrsatma hujjatlarning birinchisidir.

    Mazkur standart mehnat jarohatlari, baxtsiz hodisalar va kasalliklar tufayli yoʻqotilgan vaqt, baxtsiz hodisalar soni, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi boʻyicha oʻqitilgan odamlar soni va boshqa koʻp narsalarni qamrab oladi.

    Yangi ISO / TS 24179 “Mehnat muhofazasi va xavfsizlik kriteriyalari” standarti Amerika standartlar instituti (ANSI) rahbarligidagi ISO / TS 260 Inson resurslarini boshqarish texnik qoʻmitaci tomonidan ishlab chiqildi.

    Mazkur yangi xalqaro standartlar xaqidagi qoʻshimcha maʼlumot olish uchun “Oʻzstandart” agengtligi Xalqaro xamkorlik boshqarmasiga yoki quyidagi havola orqali tashishishingiz mumkin https://www.iso.org/news/ref2555.html