Uchrashuvda mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasidagi Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro Konvensiyalarning bajarilishi, ushbu yoʻnalishda boshqa Konvensiyalarga qoʻshilishi masalalari koʻrib chiqildi.
Mamlakatimizda xususiy sektor rivojlanib borayotganini hisobga olib, korxonalarda ish beruvchilar va xodimlar munosabatlarining huquqiy asoslarini yanada kuchaytirish borasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.