Bugun ana shu xalqaro festivalda tinim bilmay mehnat qilgan, o'z vazifasiga sidqidildan yondashib, mas'uliyatini ado etgan bir guruh tashkiliy guruh vakillari Qoraqalpog'iston Respublikasi tomonidan “Vatan pidayыsы” (Vatan fidoyisi) ko'krak nishoni bilan taqdirlandi, deb xabar beradi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.
Ularni taqdirlar ekan, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov: “Aytish kerakki, II Xalqaro baxshichilik festivalini munosib tashkil etishda bizga yelkadosh bo'lgan qardosh qoraqalpoq xalqidan minnatdormiz. Bugungi taqdirlash ham bu san'at turiga bo'lgan e'tibor va uni rivojlantirishga qo'shilgan munosib hissaning yorqin namunasidir”, dedi, deya xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.