Oʻzbekiston temiryoʻlchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi boshchiligida tizimdagi korxona tashkilotlarning kasaba uyushma qoʻmitalarida bayram munosabati bilan keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilyapti.
Ushbu sana oldidan Temiryoʻlchilar va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi jamoasining barcha xodimlari “Kasaba uyushmalari kuniga 1 yil” esdalik koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari joriy yil 3-7-noyabr kunlari Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari kuni bayramiga bagʻishlab kasaba uyushmalari tizimida mehnat qilayotgan xodimlar, faollar, hamda turli soha mutaxassislari oʻrtasida oʻtkazilgan “Sport – salomatlik garovi” shiori ostidagi spartakiada ham faol qatnashdilar. Unda ishtirok etgan 14 nafar temiryoʻlchilar sportning stol tennisi, darts, badminton, shaxmat, shashka, mini futbol turlari boʻyicha oʻzaro bellashib, yuqori natijalarni koʻrsatdi.
Nazokat Nurmatova,
Oʻzbekiston temiryoʻlchilari va
transport quruvchilari kasaba uyushmasi
Respublika Kengashi mutaxassisi.